TRIMEDAT® 200 mg
30 tabletka- Kattalar va 12 yoshdan bolalar uchun
- kuniga 3 marta 200 mg 1 tabletka
"Agar me’da rozilik bermasa, ishlash ham, fikr yuritish ham mumkin emas. Me’da his-tuyg‘ularimizni, kayfiyatimizni, ehtiroslarimizni belgilab beradi. Bekonli qovurilgan tuxumdan keyin u shunday buyruq beradi: "Ishla!". Bifshteks va porterdan keyin u shunday deydi: "Uxla!", - o‘z fikrlari bilan Djerom K. Djerom hammaga mashhur "Uchtasi qayiqda, kuchukni hisobga olmaganda" hikoyasida bo‘lishgan. Qoringa va uning qulayligi yoki noqulayligiga klassiklar e’tiborni ko‘p ajratgan. Ovqatlanishdan keyingi to‘yganlik hissi yoqimlidir, og‘irlik, ortiqlik, qorin dam bo‘lish hissi esa noqulaylikni keltiradi.
Ovqatlanishdan keyin qorindagi og‘irlik, to‘lganlik va dam bo‘lish hislari me’dada taom keragidan ko‘proq ushlanib qolishi sababli yuzaga keladi. Og‘irlik samarasi oldingi qorin devoriga me’daning ichki a’zosini proeksiyasi joyida qorinning tepa bo‘limlarida his etiladi. Shifokorlar ushbu sohani epigastral deb nomlashadi.
Ovqatlanishdan keyin og‘irlik, qorinning to‘lib ketganligi hissiyoti, hamda qorinning dam bo‘lishi me’da motorikasining buzilishi sababli yuzaga keladi. Me’yorda ovqat qabul qilinishida me’da mushaklari bo‘shashadi, va u kattalashadi. Ushbu jarayon akkomodatsiya deb nomlanadi. Boshqa qilib aytadigan bo‘lsak, qoringa kelib tushgan taom hajmiga moslashishi kerakdir.
Bundan keyin, me’daning peristaltikasi sharofati bilan, ovqat xlorid kislotasi va fermentlar bilan aralashadi, maydalanadi va MIY bo‘ylab ichakka surilib o‘tishni davom ettiradi. Ushbu bosqich ovqatning me’dadan evakuatsiyasi deb nomlanadi.
Akkomodatsiya jarayoni buzilishida erta to‘yinish yuzaga keladi, chunki taom oddiygina me’daga sig‘may qolishi mumkin.
Me’dadan evakuatsiya jarayonining buzilishi ovqatlanishdan keyin epigastriyada og‘irlik, to‘lganlik hissiyoti va dam bo‘lish bilan kuzatib boriladi. Ushbu holatda me’da ichakdan o‘z vaqtida evakuatsiya qilinishga ulgurmagan ovqatdan cho‘ziladi.
Nima uchun to‘lganlik va og‘irlik hissi bilan kuzatib boriluvchi me’da motorikasi buziladi?
Nomuntazam lavhalar quyidagilarni qo‘zg‘atishi mumkin:
Muntazam (haftada 1 marta va undanda tezroq) yuzaga keluvchi og‘irlik, ortiqcha to‘lganlik hissi, qorinning dam bo‘lishi kasallik simptomlari bo‘lishi mumkin. Qorindagi og‘riq bilan bog‘liq bo‘lgan xastaliklar ko‘pdir. Eng ko‘p tarqalgan sabablar orasida - me’da yarasi, funksional dispepsiya, qandli diabet, gastrit.
Funksional dispepsiya MIYning funksional kasalliklari deb nomlanuvchilarga taalluqlidir, ularning sababi - bosh miya va MIY devori qatlamida to‘plangan nerv bog‘lami deb nomlanadigan enteral nerv tizimi deb nomlanuvchi - "ikkinchi miya" o‘rtasida o‘zaro ta’sirning kelishmovchiligidir. Ushbu kelishmovchilik natijasida a’zoning faoliyati - uning motorikasi va sezuvchanligi buziladi.
Me’daning shilliq qobig‘ining sezuvchanligi ortgan vaqtda, umuman me’yordagi, fiziologik omillar (xlorid kislotasi yoki me’da devorlarining cho‘zilishi) ta’sir etishida og‘riq va achishish yuzaga keladi. Me’da motorikasining buzilishlari asosida ozuqani sig‘dirish uchun me’da yetarlicha cho‘zilmagan vaqtda erta to‘yinish, hamda og‘irlik hissi, qorinning ortiqcha to‘ldirilishi kabi shunday simptomlar yotadi - ushbu holatda me’da ichakka kelib tushgan ozuqani yetarlicha bo‘lmagan faollik bilan itaradi.
Funksional dispepsiyaning triggerlari bo‘lib o‘tkazilgan me’da-ichak infeksiyalari yoki yaqqol ko‘rinishga ega bo‘lgan hissiy stress lavhalari bo‘lishi mumkin. Albatta, bunday omillarning ta’siridan keyin hammada ham funksional dispepsiya rivojlanib ketmaydi - odatda undan ushbu trigger omillarning ta’sirlariga irsiy ifodalangan zaifligi bo‘lgan odamlar a’ziyat chekishadi.
Funksional dispepsiyada me’da motorikasining buzilishi (sxema; chapdan - me’yordagi motorika, o‘ngda - funksional dispepsiyada, tushuntirishlar matnda).
Xelikobakter pilori infeksiyasi. Ushbu bakteriya Yer kurrasi aholisining deyarli yarmining me’dasida hayot kechiradi. Ko‘pchilik yuqtirilgan odamlar buning oqibatida hech qanday noxush simptomlarni his etmaydi. Biroq, holatlarning nomaqbul kechib borishida, bakteriya me’daning shilliq qavatida yallig‘lanish yoki yaralarning sababchisi bo‘lib qoladi. Yallig‘lanishda shifokor "gastrit" tashxisini qo‘yadi. Yaralar holatida - "me’daning yarali kasalligi". Ikkala xastalikda me’da motorikasi buziladi, demak, epigastriya sohasida og‘irlik va to‘lib ketganlik hissi paydo bo‘lishi mumkin.
Qandli diabet. Qandli diabeti bo‘lgan odamlarda birinchi turida qanday bo‘lsa, ikkinchi turida ham xuddi shunday me’da innervatsiyasi buzilishi oqibatida undan evakuatsiya sekinlashishi mumkin. Buning oqibatida ular ovqatlanishdan keyin ko‘pincha qorin sohasida og‘irlikni his etadi.
Ko‘pchilik dorilar qoringa ham noqulaylik olib kelishi mumkin nojo‘ya samaralarga egadir. Ko‘pincha me’dadagi og‘irlik bilan yallig‘lanishga qarshi nosteroid preparatlarni qabul qilish bog‘liqdir. Bundaylarga ibuprofen yoki diklofenak kiradi, ular yuqori tana haroratini pasaytirish va og‘riqning har xil turlarini - bosh, tish, hayz, mushak, bo‘g‘im og‘riqlarini bartaraf qilish uchun keng qo‘llaniladi.
Me’da sohasida og‘irlik va to‘lib ketganlik hissini yengillashtirish uchun prokinetiklar qo‘llaniladi. Shunday me’da motorikasini faollashtiruvchi dori vositalari nomlanadi. Masalan, ularga trimebutin kiradi. Trimebutinning xususiyatlari u nafaqat me’daning, balki butun MIYning motorikasini me’yorlashtirishga qodirligidadir. Davolashning to‘liq sxemasi me’da sohasidagi og‘irlik va to‘lib ketganlik hissi bilan kuzatib boriluvchi tashxislangan kasallikka bog‘liq holda tuziladi.
Funksional dispepsiyani davolash uchun Trimedat® kabi prokinetiklarni proton pompa ingibitorlari - masalan, omeprazol bilan birlashtiriladi. Ushbu majmuaning ta’sir mexanizmi quyidagichadir: Trimedat® me’dadan ichakka taomning siljitilishini faollashtiradi, shu bilan og‘irlik hissidan qutilishga yordam beradi, me’da shilliq qavatining sezuvchanligini me’yorlashtiradi - bu me’da sohasidagi og‘riq va achishishni yengillashtirishga yordam beradi. O‘z tomonidan, proton pompa ingibitorlari funksional dispepsiya sababli xlorid kislotadan me’daning shilliq qavatini yuqori sezuvchanligini himoyalaydi. Bu, shuningdek, me’da sohasidagi og‘riqni va achishish hissini bartaraf qilishga yordam beradi.
Qandli diabetda me’da motorikasining buzilishini rivojlanishini oldini olish uchun qondagi glyukozaning darajasini nazoratini olib borish zarur.
Davolash sxemasini tanlash, uning natijalarini kuzatib borish va zarurat tug‘ilganida taktikaga tuzatish kiritishni faqat shifokor qilishi mumkin. Sog‘liqqa shikoyatlar yuzaga kelishida shifokorga murojaat qiling. Qorningizga yordam berish uchun, birinchi yengillashishda davolashni to‘xtatib qo‘ymang. Sabr qiling va shifokor tomonidan tayinlangan dorilarni qabul qilish kursiga rioya qiling.
Me’da kasalliklarida umumiy tavsiyalar katta bo‘lmagan porsiyalar bilan bo‘lingan (kuniga 6 marta) ovqatlanishni kiritishi mumkin. Yog‘li va o‘tkir taomlarni, hamda qahvani iste’mol qilinishini cheklash zarur. Chekishdan va alkogol qabul qilishdan voz kechish, shuningdek, umumiy tavsiyalarga tegishli bo‘ladi.