TRIMEDAT® 200 mg
30 tabletka- Kattalar va 12 yoshdan bolalar uchun
- kuniga 3 marta 200 mg 1 tabletka
1849 yilda ingliz shifokori Xyu Smit Kamming londonlik tibbiyot gazetasida: "Bir xil odamda yo qabziyat, yo bo‘shashish bo‘lishi mumkin. Qanday qilib bir kasallik ikkita shunchalik turlicha simptomlarga ega bo‘lishini tushuntirib berolmayman", deb yozib qoldirgan. Bugungi kunda ushbu kasallikni ta’sirlangan ichak sindromi, yoki, qisqacha, TIS deb nomlanadi.
170 yildan ortiq vaqt o‘tgandan keyin olimlar va shifokorlar uning ba’zi mexanizmlarini tushuntirishga kirishib ketishgan, biroq davolash haqidagi savollar javoblarga qaraganda avvalgidek ko‘pdir.
TISdan zararli fastfud ishqibozi ham, STT yoqlovchisi ham, katta odam ham, bola ham a’ziyat chekishi mumkin. Kimgadir simptomlarni yengillashtirishga spazmolitiklar, kimgadir esa - antidepressantlar yordam beradi.
Ta’sirlangan ichak sindromi - bu MIYning funksional kasalligidir, ya’ni, u yallig‘lanish. anatomik o‘zgarishlar va shunga o‘xshashlar bilan emas, ichakning ishlashini o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Bu kasallik surunkalidir: simptomlar ba’zida tinchlanadi, va uni esdan chiqarish mumkin, biroq u vaqti-vaqti bilan o‘zini eslatib turadi.
Ilmiy adabiyotlarda bu buzilishni ba’zida "charchatuvchi" kabi ta’riflanadi: tadqiqotlar sog‘liq bilan bog‘liq bo‘lgan ta’sirlangan ichak sindromi bo‘lgan odamlarning turmush sifati umuman aholining turmush sifatiga qaraganda pastroq ekanligini ko‘rsatdi: TISdan a’ziyat chekuvchi patsientlar, tez-tez og‘riqlarga, ruhiy nomuvaffaiyatsizlikka, toliqishlikka, muvaffaqiyatsiz ijtimoiy hayotga shikoyat qilishgan.
Ta’sirlangan yo‘g‘on ichak sindromi - bu juda ham keng tarqalgan kasallikdir. Har xil hisob-kitoblar bo‘yicha, TISdan dunyoning 9%dan 23%gacha aholisi a’ziyat chekadi. Biroq, aniq hisob-kitoblar ta’sirlangan ichak sindromi bo‘lgan patsientlarning ko‘pchiligi shifokor qabuliga bormasdan, ular oddiygina "biron bir narsa yeb qo‘yganman" fikri sababli qorin vaqti-vaqti bilan og‘rib turadi deb hisoblab nojo‘ya simptomlardan mustaqil qutilishga urinishlari bilan bog‘liq bo‘lganligi munosabati bilan qiyinlashtirilgan.
Agarda shifokorgacha yetib borganlar haqida so‘z yuritilsa, u holda poliklinikaga murojaat qiluvchi patsientlar orasidagi statistika bo‘yicha taxminan 12%i ta’sirlangan ichak sindromi bo‘lgan odamlardir. Ixtisoslashtirilgan gastroenterologik klinikalarda TIS bo‘lgan patsientlar albatta eng ko‘p sonli guruh hisoblanadi.
TIS uchun quyida sanab o‘tilgan simptomlar xosdir:
Ta’sirlangan ichak sindromi bo‘lgan patsientlarni ichakning faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lmagan simptomlar ham bezovta qilishi mumkin:
Ta’sirlangan ichak sindromi hayotga tahdid solmaydigan funksional kasalliklar qatoriga kirishiga qaramasdan, shaxsiy tashxislash va o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanish yaramaydi. Ko‘pchilik, jumladan xavfli kasalliklar o‘xshash simptomlar bilan kuzatib boriladi. Har qanday noxush simptomatika paydo bo‘lishi holatida shifokorga murojaat qilish kerak.
Afsuski, zamonaviy fan maxsus testlar yoki tahlillarni topishirib, ta’sirlangan ichak sindromini aniq aniqlash mumkin bo‘lgan maxsus testlar yoki tahlillarni hali kashf qilmagan. Bu TSIda a’zoning ishlashi buzilishi, biroq bunda ichakda tuzilmaviy o‘zgarishlar yo‘qligi bilan bog‘liqdir. Tekshiruvning bosh vazifasi esa - o‘xshash simptomlar bilan boshqa kasalliklarni istisno qilishdir.
Gastroenterologiya sohasida Xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan ta’sirlangan ichak sindomi tashxisini qo‘yishning tashx‘islash mezonlari ishlab chiqilgan. Biroq, davolovchi shifokor patsientning holatini ushbu mezonlarga muvofiq kelishini aniqlashi uchun, muzokara davomida nafaqat anamnezni to‘plash va parhez haqida bilib olish zarur bo‘ladi, balki o‘xshash simptomatikaga eag bo‘lgan boshqa kasalliklarni istisno qilish uchun bir qator tashxislash tadqiqotlarini tayinlashi ham kerak bo‘ladi. Faqat shundan keyin shifokorda ta’sirlangan ichak sindromi tashxisini qo‘yish uchun to‘liq asos paydo bo‘ladi.
Axlat chiqarishning buzilishi tusiga bog‘liq holda ta’sirlangan ichak sindromining quyidagi variantlari ajratib ko‘rsatiladi:
Ta’sirlangan ichak sindromi - bu zo‘riqish va remissiyani navbatlashtirish bilan oqib o‘tuvchi surunkali kasallikdir. Davolash kasallikdan noqulaylikni kamaytirishga va remissiyaga erishish uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
TIS rivojlanishida stress rolini hisobga olgan holda, davolashda turmush tarziga tuzatish kiritish muhim rol o‘ynaydi.
TISni davolash uchun har xil majmualarda bir nechta guruh dori vositalari qo‘llaniladi:
Spazmolitiklar. Ular mana o‘n yillar davomida TIS simptomlarini nazorat qilish uchun asosiy vosita bo‘lib qolmoqda, shuning uchun ularga batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Spazmolitiklar ichakdagi spazmalarni oladi, bu og‘riq va qorindagi noqulaylikni yengillashtirilishiga olib keladi. Bundan tashqari, ularni oldini olish sifatida ham, agar odatda og‘riqlarni og‘irlashtiruvchi holatlar kutilayotgan bo‘lsa, tayinlanadi. Masalan, odam uzoq masofaga sayohatlarni yomon ko‘taraoladi, unga esa xizmat safari kutilmoqda.
Spazmolitiklarni noselektiv (masalan, drotaverin) va selektiv (masalan, trimebutin) vositalarga farqlanadi. Noselektiv vositalar nafaqat me’da-ichak yo‘lining va safro chiqaruvchi yo‘llarning silliq muskulaturasiga, balki, shuningdek, siydik-tanosil tizimning silliq muskulaturasiga va qon tomirlarga ham ta’sir qiladi. Bir tomondan, bu bosh og‘rig‘ini yengillashtirish uchun, va ayollarda hayz og‘riqlarini bartaraf qilish uchun mos keluvchi universal vositadir. Boshqa tomondan, qon tomirlarga ta’sir qilishi sababli drotaverin arterial bosimni pasaytirishi mumkin.
Trimebutin yoki Trimedat® kabi selektiv ta’sir etuvchi spazmolitiklar MIY va safro chiqaruvchi yo‘llarga tanlab ta’sir etadi. Trimedat®da ikkita muhim xususiyat bor. Birinchidan, u uch tomonlama ta’sir mexanizmiga ega: u nafaqat ichaklardagi spazmlarni oladi, balki uning tabiiy motorikasini tiklaydi ham. Bundan tashqari, Trimedat® ichakning ko‘tarilgan sezuvchanligini me’yorlashtiradi. Ikkinchidan, Trimedat® nafaqat ichakdagi, balki me’da-ichak yo‘lining barcha bo‘limlarini motorikasini va sezuvchanligini me’yorlashtiradi. Bu muhimdir, chunki TIS ko‘pincha ichakdagi motorikaning va sezuvchanlikning buzilishi bilan uyg‘unlashadi. Ya’ni, ta’sirning majmuaviy mexanizmi sharofati bilan, Trimedat® ushbu holatda qabul qilinuvchi preparatlarning miqdorini qisqartirishga imkon beradi.
Lekin, ichakka yordam berish uchun, kursga rioya qilish muhim: agar preparatni qabul qilishni boshlagan bo‘lsangiz, uni shifokor tayinlagan kursga binoan to‘g‘ri qabul qilish zarur. Qorindagi og‘riqning va boshqa simptomlarning birinchi yengillashishida davolashni to‘xtatib qo‘ymaslik kerak.
Kurs qabul qilinishi simptomlardan dam olishga va shunday qilib "stress-simptom" yomon halqani uzib yuborishga imkon beradi. Enteral nerv tizimiga esa kurs qabul qilinishi kelayotgan signallarga to‘g‘ri harakat qilish va javob berish odatini qayta yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Bu erishilgan remissiya uzoqroq saqlanib qolishi uchun yordam beradi.
Ichni bo‘shashtiruvchi va diareyaga qarshi vositalar. Qabziyat bilan ta’sirlangan ichak sindromida qo‘shimcha sifatida ichni bo‘shashtiruvchi vositalar ham tayinlanishi mumkin, masalan, laktitol - ichakning mikroflorasini qo‘shimcha tiklovchi vosita. Diareya bilan ta’sirlangan ichak sindromida diareyaga qarshi vositalar tayinlanadi.
Simetikonga ega bo‘lgan preparatlar. Ushbu vositalar, agar patsientni meteorizm va qorinning dam bo‘lishi qiynayotgan bo‘lsa, tayinlanadi.
Probiotiklar. TIS rivojlanishida ichakning mikrobiomi tarkibini o‘zgarishida muhim rolni hisobga olgan holda, ushbu kasallikni majmuaviy davolash tarkibida probiotiklar keng qo‘llaniladi. Masalan, Rossiya gastroenterologik assotsiatsiya tomonidan bifido- va laktobakteriyalarning yaxshi o‘rganilgan turlari majmui bilan: Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium. longum, Bifidobacterium infantis, Lactobacillus rhamnosus, probiotik majmua ma’qullangan.
Probiotiklar. TIS rivojlanishida ichakning mikrobiomi tarkibini o‘zgarishida muhim rolni hisobga olgan holda, ushbu kasallikni majmuaviy davolash tarkibida probiotiklar keng qo‘llaniladi. Masalan, Rossiya gastroenterologik assotsiatsiya tomonidan bifido- va laktobakteriyalarning yaxshi o‘rganilgan turlari majmui bilan: Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium. longum, Bifidobacterium infantis, Lactobacillus rhamnosus, probiotik majmua ma’qullangan.
Antidepressantlar. Bir qator holatlarda TISni davolash doirasida antidepressantlar tayinlangan, chunki tadqiqotlar ushbu guruhga mansub preparatlar TIS bo‘lgan patsientlarning qornidagi og‘riqni yengillashtirishga yordam berishini ko‘rsatib berilgan.
Bundan tashqari, nodorivor davolashga ham - kognitiv-axloqiy ruhiy davolash va gipnozga murojaat etiladi.
TISni davolash deyarli har doim uzoq davrni egallaydi va bir necha dori preparatlarining majmuini talab qiladi, chunki ular alohida yetarlicha samarani beradi. Afsuski, hozircha "sehrli" pilyulya hali ishlab chiqilmagan, uni qabul qilib simptomlar va ta’sirlangan ichak haqida unutish mumkin. Shuning uchun, birinchi yengilashishdan keyin qabul qilishni to‘xtatish emas, balki shifokor tomonidan tayinlangan davolash kursiga (masalan, trimebutin 28 kundan boshlab muddatga tayinlanadi) rioya qilish o‘ta muhimdir. Bu sizga simptomlardan dam olishga imkon beradi va "stress-simptom" yomon halqani uzib yuborishga yordam ko‘rsatadi.